Mareska "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan 4:1 hisobidagi o'yin haqida: "Boshida qiyin bo'ldi, ammo keyin "Siti" o'yinni nazorat qildi"

29 avg 2026, 09:45
Enco Mareska "Manchester Siti"ning "Kristal Pelas" ustidan qozongan yirik g'alabasini (4:1) sharhladi.

"Bu maydonda o'ynash qiyin. Biz buni o'yindan oldin ham bilardik. O'yinning dastlabki daqiqalarida bunga guvoh bo'ldingiz. Ammo keyinchalik biz o'yinni nazorat qildik. O'yinning intensivligi, jamoaning ishtiyoqi meni juda quvontirdi.

Sherki bizga yordam bermoqda. U kelajakda ham bizga yordam beradi. Uning yuqori sifatli futbolchi ekanini bilamiz: "Bornmut"ga qarshi o'tgan o'yinda - ikkita golli uzatma, bugun esa - ikkita gol. Lekin o'ylashimcha, Rayan to'psiz ham juda yaxshi harakat qildi. U Uortonni nazorat qildi va juda ko'p mehnat qildi.

Foden sekin-asta qanotdagi o'yinga moslashmoqda. Uning vinger emasligini bilamiz. Lekin biz echimlar topishga harakat qilyapmiz. So'nggi 10-15 daqiqada u markazda o'ynaganda, bu poziciya unga ko'proq yoqishi ko'rinib turdi. Biroq uning ishga bo'lgan munosabati juda yaxshi edi va aynan shu narsa bizga kerak", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com