Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi "Bunyodkor" ilk nazorat uchrashuvini "Rubin"ga qarshi o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2021, 22:38
Murabbiylar shtabi "Rubin"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarning xizmatidan foydalandi.

Shuningdek, o'rinbosarlar tarkibidan jalb qilingan o'yinchilar ham maydonga tushdi. Bellashuvda Rubin hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda to'liq yangilangan tarkib mehmonlar darvozasini uch bor ishg'ol qildi. Muslim Qurbonov dublini nishonlagan bo'lsa, yana bir golga Abduqodir Hamraliev mualliflik qildi. Bellashuvdan so'ng ko'rikdagi aksar o'yinchilarga ruxsat berildi.

Ko'rikdagi futbolchilar o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishidan avval o'tgan mavsum jamoaning asosini tashkil qilgan o'yinchilar jismoniy yuklamalarga asoslangan mashg'ulotlarda qatnashdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
BUNYODKOR - RUBIN - 3:1 (0:1)
11 yanvar. Toshkent. Bunyodkor akademiyasi maydoni.
Bunyodkor
: Ravshan Yagudin, Javohir Ro'ziev, Islomjon Karimov, G'ayrat Azizxo'jaev, Muhammadali G'iyosov, Ruslan Akchurin, Saidmahmudxon G'ulomov, Bahodir Abduvaliev, Shamsiddin Sadullaev, Islom Ismoilov.
Zaxiradagilar: Umid Hamroev, Bahodir Daminov, Mirjalol Mirsaitov, Muslim Qurbonov, Abdulloh Mahkamov, Nozim Rustamov, Humoyun Sherbo'taev, Aram Markaryan, Emil Lelanu, Abduqodir Hamraliev.
Gollar: Muslim Qurbonov (2ta), Abduqodir Hamraliev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com