

"Asosiysi o'zimizga kerakli natijaga erishdik va birinchi o'rinni egallagan holda guruhdan chiqdik. Vazifa bajarildi va bundan xursandmiz.
"Al Hilol" kuchli jamoa. Ularni o'rganib chiqamiz va tayyorgarlikni boshlaymiz.
Ikki jamoa ham durang uchun o'ynadi. Chunki, jamoalarni ushbu hisob qoniqtirardi. Ular pressing qilishmadi, biz hujum qilmadik. Muhimi natija", - deydi Marat Bikmaev.



