Marat Bikmaev: "Abramovning "Lokomotiv"ga qaytganidan xursand bo'ldim"

Narzulla Saydullayev
16 fev 2014, 13:00
Jarohati bo'lishiga qaramay, "Loko" bilan shartnoma tuzishga erishgan Marat Bikmaev klubda yuz bergan murabbiylar almashinuvi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Abramovning "Loko"ga qaytganidan xursandman. Chunki bu murabbiy bilan jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erisha oladi deb o'ylayman. Shu bois Vadim Karlenovichning nomzodi bu eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi. Bu mutaxassisni qanday mahoratga ega ekanligini yoshligimdan bilaman. Qolaversa milliy terma jamoada ham birga ishlagandik. Har bir futbolchi bilan o'zaro suhbatlashib, o'yinchining ko'ngliga yo'l topa oladi. Ruhiy tomondan ham tayyorlash borasida kuchli bilimga ega.

- Uning birinchi kungi o'tkazgan mashg'ulotiga borib, maydon chetidan turib kuzatdim. Shu asnoda Vadim Karlenovich bilan suhbatlashdik. Murabbiy ayni paytdagi xolatim qanday ekanligi bilan qiziqdi va unga bu borada barchasini ma'lum qildim. Quvonarlisi Abramovga mendan umidi katta ekanligini aytdi, tezroq tuzalib safga qaytishim kerakligini bildirdi. Bu borada u menga kerakli maslahatlarni ham berdi. Tabiiyki bundan kayfiyatim yanada ko'tarildi.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia