Maradonaning hayotidagi so'nggi soatlar qanday kechgani haqida ma'lumot berildi

Alisher
26 noya 2020
Kecha argentinalik 61 yoshli futbol afsonasi Diego Maradonaning yuraklari urishdan to'xtadi.

Maradona ertalabdan oqarib ketgan va sovuqdan shikoyat qilgandi. Shunga qaramay u nonushta qila olgan. Keyinchalik esa yotoqxonasiga qaytgan va u erda so'nggi so'zlarini aytgan - "Me siento mal", ispanchadan "Men o'zimni yomon his qilyapman" degan manoni anglatadi.

Yaqindagina shifoxonadan chiqqan Diegoga qarayotgan hamshira darhol tez yordamni chaqiradi. Yetib kelgan shifokorlar esa afsonaning hayotini qutqara olishmaydi - uning o'limi haqida esa mahalliy vaqt bilan 12:00 atrofida ma'lumot berildi.

Oldinroq, Maradona yurak hurujidan o'lgani haqida ma'lumot berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror