

Qayd etilishicha, “Yuventus” a'zosi Mario Manjukich faqatgina “Bavariya”ga o'tishni xohlamoqda. 33 yoshli futbolchi boshqa takliflarga qiyo ham boqqani yo'q. Xorvat vaqtida “Bavariya” safida to'p surgan. Shu boisdan u MYUni emas, balki myunxenliklarni tanlagan. Ayni damda Marioga Qatar klublari ham davogar bo'lib turibdi.



