Mane va Suaresdan ko'ra yaxshiroq natija qayd etayotgan Nunes "Liverpul" muxlislari tomonidan ham troll qilinmoqda

Mirjalol Normatov
10 yanv 2023
"Liverpul" futbolchisi Darvin Nunes ushbu mavsumda ko'plab vaziyatlardan gol ura olmayapti.

Mavsumning boshidanoq u nafaqat "Siti" muxlislari, balki, endilikda "Liverpul" muxlislari tomonidan ham troll ostiga olinmoqda. Aslida barchasi yo'q joydan bo'lgan chetlatish va diskvalifkaciyadan boshlangan, endi esa muammo realizaciyaga ham o'tib ketdi. Aslida Darvinning gollari hozirgidan anchagina ko'proq bo'lishi kerak edi.

Biroq statistika Darvinning unchalik yomon emasligini ko'rsatmoqda - u 23 o'yinda 10 bora raqiblari darvozasiga yo'l topdi. Shu orqali u deyarli har ikki o'yinda gol urmoqda.

Taqqoslash uchun - "Liverpul" tarkibidagi dastlabki 23 o'yinda Luis Suares 9 gol urgan, o'z navbatida jamoa afsonasi Sadio Mane ham shuncha natija qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal