Mandanda - Fransiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchi, Neymar ikkinchi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2017, 13:28
"Marsel" darvozaboni Stiv Mandanda Fransiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish Fransiya professional futbolchilar ittifoqining saytida bo'lib o'tdi.

Mandada 47% ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rin PSJ hujumchisi Neymarga (37%), uchnichi o'rin esa "Bordo" forvardi Malkomga (16%) nasib etdi.

Mandanda sentyabr oyida Fransiya chempionatining 2ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol o'tkazib yubordi. Neymar esa 3ta uchrashuvda 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

Avgust oyida "Monako" hujumchisi Radamel Falkao eng yaxshi deb topilgandi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Ligue1Conforama