Manchini: “Balotelli uchun afsusdaman. U 30 yoshda etuk darajaga etishi kerak edi”

Eldor Akmurzayev
29 okt 2020
Italiya terma jamoasi ustozi Roberto Manchini sobiq shogirdi Mario Balotelli haqida gapirdi.

Balotelli “Breshiya”ni tark etganidan so'ng, klubsiz qolgan.

“Uni bu holatda ko'rishdan juda afsusdaman. Balotelli 30 yoshida futbol taraflama texnik jihatdan to'liq etuk darajaga chiqishi va Italiya termasiga foyda keltirishi mumkin edi. Uni yaxshi ko'raman va umid qilamanki, uning yonida doimo yaxshi narsalar bo'ladi”, deydi Manchini.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru