“Manchester Yunayted”ning qimmatbaho hujumchisi mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
6 avg 2023, 07:57
Rasmus Xoylundning “Qizil iblislar”dagi debyuti bir necha haftaga cho'ziladi.

Sababi futbolchi “Atalanta” safida mavsum oldi mashg'ulotlarda jarohat olgan. Shu sababli, futbolchi 1-2 hafta davomida o'yinlarda ishtirok eta olmaydi. Shu tariqa, Rasmus Xoylund APLning birinchi turini o'tkazib yuborishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchi uchun ingliz klubi “Atalanta”ga 72 million funt to'ladi. 

Ma'lumot uchun, MYU APLning birinchi turini 14 avgust kuni "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: fapl.ru