"Manchester Yunayted"ga Forsberg bilan shartnoma imzolash taklif etildi

Alisher
31 iyul 2020
"RB Leyptsig" xavbeki Emil Forsberg faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

28 yoshli futbolchi Angliya chempionatida o'ynashni xohlamoqda, shu sabab u agentidan o'z xizmatlarini "Manchester Yunayted"ga taklif qilishni so'ragan.

Xabarlarga ko'ra, agent shuningdek Forsberg bilan shartnoma imzolashni "Lester", "Everton", "Arsenal" va "Tottenxem" klublariga ham taklif etgan. Klub o'yinchining sotuvidan 17 million evro ishlab olmoqchi.

Shved joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports