Sherzod Esanov: "Katta rejalarim bor, ularni bosqichma-bosqich amalga oshiraman"

Абдулвосит Бектемиров
16 avg 2024, 22:16
Yozgi transfer oynasida "Andijon"dan Rossiyaning "Akron" klubiga o'tgan iqtidorli yarim himoyachi Sherzod Esanov kecha Rossiya kubogi doirasida o'tkazilgan "Fakel"ga qarshi bahsda vatandoshimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Saytimiz muxbiri Emil Bekmuhamedov esa Sherzod bilan bog'landi va kichik suhbat qurdi

- Yangi jamoaga va Rossiyadagi hayotga moslashish qanday kechmoqda? Ko'chib o'tishda muammolar bo'lmadimi?

- Assalomu alaykum. Hammasi joyida. Asta-sekin yangi sharoitga ko'nikib boryapman. Klubga moslashishim yaxshi ketayotgandek. Ko'chib kelishga kelsak, bu borada hech qanday muammoga duch kelganim yo'q.

- Jamoa, murabbiylar shtabi va xodimlar sizni qanday kutib olishdi?

- Meni juda samimiy kutib olishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- O'zbekiston va Rossiya futboli o'rtasidagi farqni his qilishga ulgurdingizmi? Ikki mamlakat futbolida qanday farqlarni sezdingiz?

- Albatta, farq bor. Barcha ligalar nimasi bilandir boshqalardan farq qiladi. O'ylaymanki, Rossiya Premer-ligasida futbol Superligaga nisbatan jismoniy jihatdan kuchliroq.

- "Akron"dagi futbolchilarim bilan do'stlashib ketishga ulgurdingizmi?

- Men barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman. Jamoamizda juda yaxshi va iliq muhit mavjud.

- "Andijon"da o'rgangan qaysi jihat "Akron" jamoasida qo'l kelmoqda?

- "Andijon"da ko'p narsani o'rgandim. U yerda professional faoliyatim boshlandi. "Andijon"da boshimdan kechirganlarim mening rivojlanishimga ijobiy ta’sir ko'rsatgani aniq.

- Yangi klubda va Rossiya chempionatida o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?

- Ma'lum bir maqsadsiz futbolchiga o'ynash qiyin. Mening katta rejalarim va maqsadlarim bor, ularni bosqichma-bosqich, qadam-baqadam amalga oshiraman.

- "Andijon"ning o'yinlarini kuzatib borasizmi?

- Ha, albatta, kuzataman. Klub uchun qayg'uryapman. Umid qilamanki, ular O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishadi.

- Faoliyatingizni kuzatishda davom etayotgan o'zbek muxlislariga tilaklaringiz?

- Menga g'amxo'rlik qilayotgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Men buni his qilaman va bu meni ishlashni davom ettirishga undaydi.Meni qo'llab-quvvatlayotgan va g'amxo'rlik qilayotgan oilam va yaqinlarimga ham rahmat aytmoqchiman.


Emil Bekmuhamedov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia