"Manchester Yunayted" yozda transferlar uchun 50 million funt oladi, ammo...

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2024
"Manchester Yunayted"da yozgi transfer oynasi vaqtida kamtarona byudjetga ega bo'ladi.

Daily Mail nashri xabariga ko'ra, klub moliyaviy feyr-pleyga amal qilishi uchun maksimal 50 million funt sarflay oladi.

"Yunayted" o'z futbolchilarini sotish orqali bu summani ko'paytirishi mumkin.

Bosh murabbiy Erik ten Xagning klub transfer siyosatiga aralashuvi kamayadi. Murabbiy asosiy e'tiborni jamoaga qaratadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk