"Manchester Yunayted" yana hech narsasiz qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 may 2016
"Chelsi" sobiq ustozi Joze Mourinyo PSJ bilan muzokaralar o'tkazmoqda va agar "Manchester Yunayted" halaqit qilmasa, mutaxassis Parij klubini boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik murabbiyning asosiy maqsadi MYU edi, ammo u mankunianlardan tezroq bir qarorga kelishlarini kutyapti. Oldinroq Mourinyo iyulda futbolga qaytib, Yevropada ishlamoqchi ekanligini aytgan edi.

"Men hech kim bilan kelishib olmaganman. Hozir Monrealda bo'lib o'tadigan Kanada Gran-prisiga yo'l olyapman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail