"Manchester Yunayted" Xoylund uchun 60 million evro va bonuslar taklif qiladi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
"Manchester Yunayted" "Atalanta" va Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Xoylund transferi bo'yicha taklif tayyolamoqda.

Kelishuv summasi 60 million evro + bonuslar ko'rinishida bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Bergamoliklar ham bu transferga jiddiy qarshilik qilmaydi. 20 yoshli forvard sotuvidan tushgan pul boshqa futbolchilarni "Atalanta" safiga olib kelish uchun sarflanishi takidlanmoqda.

O'tgan mavsumda Xoylund 42 o'yinda 16 gol va 7 assist qayd etdi. Shuningdek, daniyalik hisobida terma safidagi 6 ta o'yindagi 6ta gol ham bor. "Transfermarkt" hujumchini 45 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Corriere della Sera