"Manchester Yunayted" - "Vest Xem" uchrashuvida rekord qayd etildi

Khoja
28 iyul 2025, 10:36
"Manchester Yunayted" - "Vest Xem" (2:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida rekord qayd etildi.

Ushbu bahsni tomosha qilish uchun stadionga bevosita 82566 nafar muxlis tashrif buyurdi. Shu tariqa, 2025 yilda Qo'shma Shtatlardagi futbol o'yiniga tashrif buyurish bo'yicha rekord o'rnatdi.

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi JCHning final uchrashuvida 81118 nafar muxlis stadionga tashrif buyurgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com