"Manchester Yunayted" "Valensiya" yarim himoyachisi transferini tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2024, 16:19
Gerra APL vakillarini qiziqtirib qo'ydi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyasini kuchaytirmoqchi va "Valensiya" futbolchisi Xavi Gerra ularning radarida.

"Relevo" xabariga ko'ra, mankunianlar skautlari ispaniyalikning o'yinini bir necha bor kuzatishgan. Klub sport departamentining fikricha, u jamoani kuchaytirish uchun eng yaxshi nomzod hisoblanadi.

Ehtimol, bu qishda transfer amalga oshmaydi, ammo "Valensiya"ning moliyaviy muammolari yozgacha ularning muzokaralardagi poziciyasini yumshatishi mumkin. Gerraning shartnomasida 100 million evrolik tovon puli  bor, ammo “Manchester Yunayted” 35-40 million evroga teng bo'lgan shartnomadan umidvor.

Xavi Gerra ushbu mavsum 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 20 million evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo