"Manchester Yunayted" va PSJ "Atletiko" sobiq hujumchisi uchun 80 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
29 dek 2024
"Manchester Yunayted" va PSJ "Vulverxempton"ning braziliyalik forvardi Mateus Kunyaga qiziqish bildirmoqda.

Ikki Yevropa grandi braziliyalik uchun "bo'rilar"ga 80 mln evro taklif qilishga tayyor.

Mateus Kunya joriy mavsum "Vulverxempton" tarkibida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Braziliyalikning ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt "Atletiko" sobiq forvardini 50 mln evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: fichajes.com