"Manchester Yunayted" va "Arsenal" "Sautgempton" xavbeki uchun kurashishadi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2019
"Sautgempton" yarim himoyachisi Mario Lemina yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Lester Siti" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klublar "avliyolar"ga takliflarni yuborishgan. Shu bilan birga "Atalanta" ham Leminaga davogarlik qilmoqda.

Oldinroq, shartnomasi 2022 yilda yakunlanadigan Lemina yozda "Sautgempton"ni tark etishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.

Gabonlik 2017 yilda "Yuventus"dan ingliz jamoasiga o'tgan edi. Xavbek yakunlangan mavsumda 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail