"Manchester Yunayted" "Tottenxem" futbolchisining xarididan voz kechmoqchi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyrldning transferidan voz kechishni niyat qilmoqda.

"Tribalfootball" xabariga ko'ra, ayni damda mankunianliklar berayotgan taklifga "Tottenxem" himoyachisi ko'nmayapti. Tomonlar kelishuvga erisha olishmayapti. Futbolchi jamoani tark etmoqchi emas. "Manchester Yunayted" endi "Milan" himoyachisi Alession Romanoli bilan muzokaralarni boshlashni niyat qilmoqda.

Tobi Alderveyrldning "shporlar" bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribalfootball