“Manchester Yunayted” sotib olishni reja qilgan Seru Girassining APLning boshqa jamoasi “ilib ketmoqchi”

Khoja
31 dek 2023, 10:11
“Shtutgart” to'purari Seru Girassi qishdayoq jamoasini o'zgartirishi mumkin.

27 yoshli hujumchini “Vest Xem” sotib olish uchun jiddiy harakatini boshlamoqda. London jamoasi hujumchi uchun kurashda MYUni ortda qoldirishni reja qilgan. O'z navbatida nemis klubi kim ko'proq pul taklif qilsa Seru Girassini o'sha klubga sotishini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Seru Girassi 2022 yildan beri nemis jamoasida harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 18 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com