PSJ goleador hujumchini yozgi transfer maqsadlaridagi ustuvor nomzodga aylantirdi

Sherzod Nurmatov
15 may 2025
"Sport Bild" nashrining xabar qilishicha, Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Seru Girassi "Pari Sen-Jermen"ning kelgusi transfer mavsumidagi asosiy nishonlari ro'yxatiga kiritilgan.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 28 yoshli forvardni jamoaga jalb qilishdan shaxsan manfaatdor.

Biroq bu o'tish jarayoni bir qator qiyinchiliklarga olib keladi: futbolchining shartnomasi bo'yicha 70 mln evroga sotib olish bandi faqat "Real," "Barselona," "Manchester Yunayted," "Manchester Siti," "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" kabi ma'lum klublar uchungina amal qiladi. PSJ bu ro'yxatga kirmaydi.

Girassining o'zi ham "Borussiya"da qolish ehtimolini istisno qilmayapti. U joriy mavsum 44 o'yinda ishtirok etib, 33 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U nemis klubiga o'tgan yozda qo'shilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild