"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi "Aston Villa"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
31 avg 2025, 18:15
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Viktor Lindelof "Aston Villa" bilan shartnoma imzolaydi.

Yozda 31 yoshli himoyachi mankunianliklar tarkibini erkin agent sifatida tark etgandi. Bunga qadar unga "Fiorentina" hamda "Everton" ham taklif bilan chiqqandi. Biroq Birmingem klubining taklifi futbolchiga ko'proq maqul kelgan va 1+1 ko'rinishidagi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.

Yaqin vaqtlarda himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Shvetsiyalik himoyachi 2017 yil yozida "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Mankunianliklar tarkibidagi 8 mavsum mobaynida u 284 o'yinda qatnashib, 4 gol va 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano