"Manchester Yunayted" Sancho o'rniga "Atalanta" vingerini olib kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 sen 2020, 22:37
"Atalanta" yarim himoyachisi Amad Traore "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Agar mankunianlar Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolay olishmasa, 18 yoshli ivuarlikni sotib olishga harakat qilishadi.

"Atalanta" "Manchester Yunayted"ga Traore uchun yaxshigina tovon puli talab qilishini tushuntirdi.

Afrikalik o'yincha o'tgan mavsumda A Seriyada 3 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com