"Manchester Yunayted" Ronaldu klub bilan mavsumoldi turga bormasligini tasdiqladi

Оқил Абдубарноев
8 iyul 2022, 20:45
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati hujumchi Krishtianu Ronaldu Tailand va Avstraliyada bo'lib o'tadigan mavsumoldi turnega jamoa bilan birga bormasligini ma'lum qildi.

Krishtianu Ronaldu Tailandga yo'l oladigan guruh tarkibida bo'lmaydi, chunki unga oilaviy muammolarni hal qilish uchun qo'shimcha tatil berilgan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu bungacha "Manchester Yunayted"ning qatorasiga to'rtta mashg'ulotini o'tkazib yuborgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com