"Manchester Yunayted" "Real" va "Barselona"dan yosh braziliyalikni ilib ketmoqchi

Tolibjon Qosimov
16 noya 2017, 19:07
"Calciomercato"ning tasdiqlashicha, Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Flamengo"ning o'smir hujumchisi Linkoln uchun kurashda ispan grandlari "Real" va "Barselona"ga raqobatchi bo'ladi.

16 yoshli braziliyalik terma jamoasi bilan U-17 Jahon chempionatida uchinchi o'rinni egalladi.


To'g'ri, "Flamengo" hali 17 yoshga ham to'lmagan Linkolnni sotib olmoqchi bo'layotgan klublarning nishonini muzlatish maqsadida uni 30 million evrodan kamiga sotmasligini ma'lum qildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: calciomercato.com