"Inter" va "Yuventus" "Manchester Yunayted" futbolchisi uchun kurashmoqda

Alisher
19 noya 2019
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling A Seriya klublari e'tiboriga tushmoqda.

"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling hozirda "Roma"da ijara asosida o'ynamoqda.

Xabarlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi bilan "Yuventus" va "Inter" klublari shartnoma imzolashmoqchi.

Smollingning transfer narxi hozirda 20 million evroni tashkil etadi.

Angliyalik futbolchining ijara muddati 2019/20 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail