Ana xolos! “Manchester Yunayted” va “Yuventus” futbolchi almashadigan bo'ldi

Romelu Lukaku Italiyaga yo'l oladi, faqat “Inter”ga emas.

“Sky Sports” nashri ma'lumotiga ko'ra, “Manchester Yunayted” hamda “Yuventus” Romelu Lukaku va Paulo Dibalani o'zaro almashtirish borasida kelishuvga erishdi. Faqatgina inglizlar Dibala bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishishi qolgan, xolos. Avvalroq Lukakuning “Inter”ga o'tishi mumkinligi haqda ko'plab xabarlar berilgandi.


Manba: Sky Sports