"Manchester Yunayted" "Norvich"ga qarshi o'yin oldidan 6 ta yo'qotishga ega

Sherzod Nurmatov
11 dek 2021, 19:40
"Norvich" va "Manchester Yunayted" o'zaro to'qnashuvga to'liq bo'lmagan tarkiblar bilan yaqinlashmoqda.

Mankunianlar ustozi Ralf Rangnik Aaron Uan-Bissaka, Rafael Varan, Nemanya Matich, Pol Pogba, Edinson Kavani va Antoni Marsyalning xizmatlaridan foylana olmaydi.

Shu bilan birga, "Norvich" a'zolaridan Milot Rashica, Brendon Uilyams va Kristof Cimmermann uchrashuvda qatnashmaydi. Ulardan tashqari, Semyuel Biram va Matias Normanning bahsda ishtirok etishi so'roq ostida.

Angliya Premer-ligasi 16-turi doirasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror