Krishtianu Ronaldu APLda jarima zarbalaridan gol urishda uchinchi o'ringa chiqib oldi

Mirjalol Normatov
17 apr 2022, 12:12
APLning 33-turida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Norvich"ni mag'lub etdi, 3:2.

Uchrashuvda xet-trik qayd etgan Krishtianu Ronaldu uchinchi golini jarima zarbasidan kiritdi. Bu uning APLda jarima standartlaridan kiritgan 12-goli bo'ldi.

Shu orqali portugaliyalik forvard APLda jarima zarbalaridan gol urish borasida uchinchi o'ringa chiqib oldi.

 Devid Bekxem (18)

Jeyms Uord-Prouz (13)

Krishtianu Ronaldu (12)

Terri Anri (12)

Janfranko Zola (12)


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: William Hill