Aguero MYUdagi argentinalik futbolchining Ronaldu haqidagi fikriga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2022
APL 33-turida “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduning xet-trigi evaziga “Norvich”dan ustun keldi.

O'yindan keyin Ronaldu xet-trikka erishgan to'pini jamoadagi 17 yoshli sherigi Alexandro Garnachoga sovg'a qilishga qaror qildi. Argentinalik Ronaldu bilan birga tushgan rasmni ijtimoiy tarmoqqa joylab, unga: “barcha davrlarning eng yaxshi o'yinchisi”, deya izoh qoldirdi.

Bunga, “Man Siti” sobiq a'zosi Serxio Aguero: “Sen shunchaki eng zo'ri bo'lgan Messi bilan hali o'ynamagansan”, deb javob qaytardi.







Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru

O'xshash yangiliklar