"Manchester Yunayted" murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
5 okt 2021
"Manchester Yunayted"da Ole-Gunnar Sulsherning yordamchisi bo'lib ishlayotgan Mayk Felan klubdagi faoliyatini davom ettiradi.

Klub mutaxassis bilan kelishuvni 2024 yilga qadar uzaytirdi.

Felan 2018 yilning dekabridan buyon klubda ishlamoqda. Bunga qadar u 2008-2013 yillar davomida ser Aleks davrida ham ishlagan.

Futbolchi sifatida u 1989-1994 yillar davomida mankunianliklar tarkibida 146 o'yinda qatnashgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com