"Manchester Yunayted" Mourinyoga 65 mln funtlik yangi shartnoma taklif qildi

Tolibjon Qosimov
12 okt 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning klubdagi kelajagini mustahkamlamoqchi.

Klub murabbiyga 5 yilga mo'ljallangan 65 million funtlik shartnoma taklif qildi.

Hozir, Mourinyo "Manchester Siti"dagi hamkasbi Xosep Gvardiola singari dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi. Ularning har biri haftasiga 250 ming funt olishadi.

"The Sun" nashrining xabar berishicha, yangi shartnoma bo'yicha Jozening maoshi taxminan eski holicha qoladi, lekin 54 yoshli portugaliyalik qo'lga kiritilgan sovrinlar va Premer-ligadagi yuqori o'ringa qarab katta bonuslar olishi ko'zda tutilgan. Ayni paytda tomonlar so'nggi masalalarni muhokama qilishmoqda.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thesun.co.uk