"Manchester Yunayted" "Monako" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
27 apr 2023, 18:56
"Monako" himoyachisi Vanderson "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, mankunianlar 21 yoshli braziliyalikning transferi bo'yicha taklifni hozirdan tayyorlamoqda.

Vanderson "Monako"da 2022 yilning yanvaridan buyon to'p tepadi. Joriy mavsumda u jamoa safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 18 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport