"Manchester Yunayted" "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
24 may 2025
"Manchester Yunayted" "Milan" darvozaboni Mayk Menyanga qiziqmoqda, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" fransiyalik posbon haqida ma'lumot so'rashgan.

Avvalroq OAVda kelayotgan yozda "Manchester Yunayted"ni darvozabonlar Andre Onana va Altay Bayindir tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Menyan joriy mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'tkazib, shundan 14 tasida o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi. Uning "Milan" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 25 million evroni tashkil etadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira