"Manchester Yunayted" Maunt uchun muzokaralarni yakunlamagan, 55 mln funtlik taklif kuchida qolgan

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023
"Manchester Yunayted" Meyson Maunt bilan muzokaralarni yakunlagani yo'q.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, mankunianliklarning 55 mln funtlik taklifi o'z kuchida qolgan. Biroq ular taklifni oshirish va "Chelsi" so'rayotgan 65 mln funtni to'lash niyatida emaslar.

Undan tashqari, MYU uzoq kutish niyatida emas va 55 mln funt futbolchi uchun mos narx deb hisoblangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano