

Yosh o'yinchining transferi ehtimoliy xaridorga 58 mln evroga tushadi, sababi unga ko'plab Yevropa klublari qiziqmoqda.
Manchester klubidan tashqari uni "Yuventus", "Sevilya", "Nyukasl", "Vest Xem" va "RB Leyptsig" kuzatmoqda.
Badyashil "Monako" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 119ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.



