"Manchester Yunayted" futbolchisi Turkiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
16 iyun 2024
"Fenerbaxche" "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyofga qiziqmoqda.

29 yoshli Lindelyofga shaxsan "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning o'zi qiziqmoqda. Himoyachining o'zi "Manchester Yunayted"dan ketishni xohlamoqda, sababi "qizil iblislar"ning sport loyihasiga ishonchi komil emas. "Manchester Yunayted"ning Lindelyofni 8 million evro evaziga qo'yib yuborishi kutilmoqda.

Futbolchi 2023/24 yilgi mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Fotomac