"Manchester Yunayted" futbolchisi jarohat sabab klub ixtiyoriga qaytdi

Tolibjon Qosimov
26 mar 2018, 19:07
"Manchester Yunayted"ning markaziy yarim himoyachisi Skott MakTominey jarohat sabab Shotlandiya terma jamoasini tark etdi va klub ixtiyoriga qaytdi.

Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Shotlandiyaliklar ertaga Vengriya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi. Lekin, MakTominey Budapeshtga emas, tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Manchesterga yo'l oldi. O'yinchining jarohati qay darajada jiddiy ekanligi hozircha aniq emas.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports