"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasida yangi tarix yaratdi

Tolibjon Qosimov
7 mar 2019, 04:29
Biroz avval YCHL nimchorak final javob uchrashuvi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi PSJni safarda 3:1 hisobida taslim etdi va chorak finalga yo'l oldi.

5 mart sanasida saytimiz orqali YCHL tarixidagi kambeklar haqida maqola chop etilgan edi.

YCHL tarixidagi "kambeklar" yoxud "Manchester Yunayted", "Borussiya" yoki "Yuve" buni uddalay oladimi?

Shu kunga qadar Chempionlar ligasi pley-offlarida 11ta kambek amalga oshirilgandi. Qizig'i, bungacha bo'lgan 11ta kambekning barchasida jamoalar avval safarda yutqazib kelib, keyin o'z maydonida g'alaba qozongan. "Manchester Yunayted" esa birinchi o'yinni uyda boy berib, javob bahsida safarda kambek qilgan tarixdagi birinchi jamoa bo'ldi. Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Chempionlar ligasida yangi tarix yaratishdi.

(2ta to'p farqi)

2018/19, 1/8 final

"Manchester Yunayted" - PSJ 0:2

Gollar: P.Kimpembe 53, K.Mbappe 60


PSJ - "Manchester Yunayted" 1:3

Gollar: X.Bernat 12 - R.Lukaku 2, 30, M.Reshford 90+2 (pen.)


Eslatib o'tamiz, YCHL pley-off bellashuvlarida kambek qildi deb birinchi o'yinni 2 va undan ko'p to'p farqi bilan yutqazgan holda keyinchalik vaziyatni uddalay olgan jamoalarga nisbatan ishlatamiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia