"Manchester Yunayted" "Bavariya" futbolchisiga katta maosh to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
18 fev 2021, 22:50
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, unga qiziqish bildirayotgan "Manchester Yunayted" haftasiga 300 ming evro maosh berishga tayyor turibdi. 24 yoshli futbolchining o'zi ham APL faoliyatini davom ettirishi uchun yaxshi joy deb hisoblamoqda. Chunki Koman va "Bavariya" o'rtasida shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar bo'lmayapti.

Vinger ushbu mavsum "Bavariya" tarkibida 24 o'yinda 6 gol va 11 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports