"Manchester Yunayted" "Ayaks"dan Antonini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
18 avg 2022
"Ayaks" hujumchisi Mateus dos Santos Antoni Angliyaga yo'l olishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 22 yoshli braziliyalikning o'tishiga e'tiborini qaratdi. Oldinroq, Angliya klubi o'yinchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan, ammo klublar transfer narxi borasida kelisha olishmagan edi, sababi MYU amsterdamliklar xohlayotganidan ancha kam pul taklif qilgan.

Antonining amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 35 million evroga baholamoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports