"Manchester Yunayted" va "Chelsi" Vitsel uchun kurashga qo'shildi
Aslanov Jasurbek
16 iyun 2015
"Zenit" yarim himoyachisi Aksel Vitsel "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, MYU belgiyalikning vakillari bilan muzokaralarni boshlagan. Ingliz klublari "o'yin"ga qo'shilganidan so'ng, "Yuventus" ham faollashgan.
Oldinroq "keksa sinora" Vitsel uchun 22 mln. evro bermoqchiligini ma'lum qilgan edi.