“Manchester Yunayted” “Chelsi”ning Runi uchun qilgan transfer taklifini rad etdi

Tolibjon Qosimov
5 avg 2013
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Chelsi”ning Ueyn Runi borasida qilgan yangi transferi taklifini rad etdi.

Britaniya OAVning xabariga ko'ra, yakshanba kuni “qizil iblislar” klubi rahbariyati “aristokratlar”dan futbolchi uchun 25 mln funt miqdorida taklif olgan, biroq bu taklif rad etilgan.

Avvalroq Runi klub rahbariyatiga yozgi transferlar davrida boshqa klubga o'tish niyati borligini ma'lum qilgan edi. “MYU” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes haligacha hujumchining klubdan kyetishini rad etmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com