"Manchester Siti"ning asosiy himoyachisi "Arsenal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
26 apr 2023
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake APL 33-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi maydonga tusha olmaydi.

Bu haqida "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"U tezroq safga qaytadi deb umid qilaman. Ammo ertaga uni ko'rmaysiz. Biz uning yo'qligini bildirmaydigan futbolchi topa olishimizga shubham yo'q.

Ake YCHL 1/4 final "Bavariya"ga qarshi javob bahsida tizzaosti mushaklaridagi jarohat sabab maydonni ertaroq tark etishga majbur bo'lgandi. Futbolchi shuningdek Angliya Kubogida 22 aprel kuni "Sheffild Yunayted"ga qarshi (3:0) maydonga tushmadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru