"Manchester Siti"ni chempionga aylantirgan darvozabon klub bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2024
Stefan Ortega "Manchester Siti"da yana ikki mavsum qoladi.

"Tottenxem"ga qarshi APLning qoldirilgan 34-tur bahsida "Siti" darvozasini muqarrar goldan qutqarib qolib, jamoaning chempionligiga ulkan hissa qo'shgan Ortega "shaharliklar" bilan yangi bitim imzoladi. 2025 yilning yozida klubdan ketishi kutilayotgan posbon endi 2026 yilning yarmigacha "Manchester Siti"da qoladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com