"Manchester Siti" "Ximnastik" himoyachisi Marini xarid qildi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2016
Himoyachi Pablo Mari "Ximnastik"dan "Manchester Siti"ga o'tdi.

"Ximnastik" uch mavsum davomida klubga katta yordam bergan Mariga minnatdorchilik bildiradi. Biz Pabloning "Manchester Siti"dagi faoliyatiga omad tilaymiz" - deyiladi "Ximnastik" bayonotida.

O'tgan mavsum Segundaning 25 ta uchrashuvida maydonga tushgan 22 yoshli ispan, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Ximnastik" LaLigaga chiqishga yaqin edi, ammo o'tish turnirida "Osasuna"ga mag'lub bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com