"Manchester Siti" Xartni tekinga berib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018, 17:50
"Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart Angliya chempionlariga kerak emas.

"Shaharliklar" futbolchi transferidan 6 mln. evro ishlab olmoqchi, ammo bunday pulni to'laydiganlar topilmasa, posbon tekinga berib yuborilishi mumkin.

Xartning o'zi navbatdagi ijara shartnomasi o'rniga, klubni to'liq tark etmoqchi.

Oldinroq, Jo Xartga "Chelsi" va "Fulxem" qiziqish bildirgan edi, ammo ikkala klub ham yozgi transfer oynasida darvozabon sotib olishdi. Xart uchun "Nicca" ham davogarlik qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times