"Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi Superkubok o'yini vaqti ma'lum

Alisher
7 iyun 2019
"Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi Angliya Superkubogi o'yini sanasi ma'lum bo'ldi.

O'yin 4 avgust kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. Superkubok o'yini Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

"Manchester Siti" 5 karra Superkubok sohibi. Mersisaydliklar esa bu sovrinni 15 marta boshlari uzra baland ko'tarishgan.

"Shaharliklar" joriy mavsum Angliyadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LFC