“Manchester Siti” – “Tottenxem”. Bugungi o'yin oldidan "Angliya futboli" storisidagi so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
13 fev 2021
Angliya chempionati 24-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri “Etihad”da “Manchester Siti” va “Tottenxem” o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.

Pep Gvardiola va Joze Mourinyu o'rtasidagi principial qarama-qarshilik oldidan "Angliya futboli" storisida o'tkazilgan so'rovnomada deyarli tenglik qayd etildi, ozgina ustunlik “shporlar”ga berilgan – 51 foiz.

Ma'lumot o'rnida, “shaharliklar” barcha musobaqalarda mana 15 o'yindirki g'alabali seriya qayd etmoqda. Mourinyu shogirdlari esa oxirgi 5 o'yinda 4 bor yutqazdi.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6 uchrashuvda “Tottenxem” 3 bor zafar quchgan, bitta o'yinda murosa yo'li tanlangan bo'lsa, qolgan bahslarda “Siti”ning qo'li baland kelgan.

“Tumanli Albion”ga aloqador qiziqarli xabarlar Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasida! Obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia